“Siti” “Real” a’zosini asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda

Sport

image

“Manchester Siti” “Real” futbolchisi Eduardo Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “Fichajes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Siti” yozda Kevin De Bryuyne va Mateo Kovachich kabi yarim himoyachilarni sotib yubormoqchi. Pep Gvardiola afzal ko‘rgan maydon markazini kuchaytirish variantlaridan biri bu Kamavinga.

Fransiyalik yarim himoyachi bu mavsumda “qaymoqranglilar”ning doimiy asosiy tarkibidan o‘z o‘rnini topa olmadi. Bu faktor “Man Siti” uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida Kamavinga ham Gvardiolaning shaxsiy qiziqishlaridan keyin “Manchester Siti”ga o‘tish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Qayd etilishicha, “qirollik klubi” Kamavingani 70 million funt sterlingga sotishi mumkin, bu “shaharliklar” uchun hamyonbop narx hisoblanadi. Yarim himoyachining o‘yin sifatini inobatga olsak, bu Yevropaning boshqa klublarini ham jalb qiladigan narx bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Eduardo Kamavinga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing