“Siti”ni APLdan chetlatish talab qilinmoqda – OAV
Sport
−
11:57 448 1 daqiqa
Angliya Premer-ligasining eng kuchli beshta klubi “Manchester Siti”ni musobaqadan chetlatish va klubga transfer taqiqini joriy etishni istamoqda. Bu haqda “FullTime Report” xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” rahbariyati jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Biroq klub advokatlari yakunda “Siti” quyi divizionga tushirilishini kutmoqda.
Joriy yilning sentyabr oyi oxirida Premer-liganing mustaqil komissiyasi “Manchester Siti”ni 2009-2018 yillar oralig‘ida musobaqaning moliyaviy qoidalarini keng miqyosda buzgani bo‘yicha qo‘yilgan 115 ta ayblovning 114 tasida aybdor deb topgandi.
Klubga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar orasida sovrinlardan mahrum qilish, ochkolarni olib tashlash, transfer taqiqi va katta miqdorda jarima solish kabi choralar ham bor. Biroq bularning barchasi hozirda klubning apellyatsiya natijasiga bog‘liq bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliya Premer-ligasi “Manchester Siti” klubi 2009-2010 yilgi mavsumdan 2017-2018 yilgi mavsumgacha bo‘lgan davrda liganing moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq barcha ayblov bandlari, shuningdek, liga tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv bilan hamkorlik qilishni istamagani bilan bog‘liq ayblovlarning aksariyati bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi