“Siti” muxlislari O‘FAdan norozi
Sport
−
22 mart
32729“Manchester Siti” klubi muxlislari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini keskin tanqid qilmoqda. Ular jamoaning Instagram sahifasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida joylangan post ostida O‘FAga murojaat yozib qoldirmoqda.
“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Abduqodir Husanov bilan bog‘liq vaziyatlarda uning xavfsizligiga e’tibor qaratmayapsiz. Shuni unutmangki, Husanovning xavfsizligiga aynan siz javobgarsiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolardan ko‘rinib turibdiki, uning atrofini ko‘plab tanigan va tanimagan insonlar o‘rab olgan. Bu futbolchini yaxshigina chalg‘ityapti va asabiylashishiga sabab bo‘lmoqda. Uning xavfsiz va nazorat ostida bo‘lishini ta’minlash sizning burchingiz. Xoh O‘zbekistonda bo‘lsin, xoh terma jamoa bilan xorij safarlariga chiqqanida bo‘lsin, uning xavfsizligiga javobgarsiz. Husanovning bo‘sh vaqtini behuda narsalarga sarflamang. E’tiborini ortiqcha narsalarga chalg‘itmang va futbolchilik faoliyati doimo birinchi o‘rinda bo‘lsin. Sizlarning bunday boshqaruvingiz va e’tiborsizligingizni shunchaki qabul qilib bo‘lmaydi. Ishingizni yaxshiroq bajarishga harakat qiling”, deb yoziladi izohda.
Ma’lumot o‘rnida, Husanov 17 mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o‘yinlarda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib kelgandi. Dastlab, u 20 mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘yinda maydonga tushdi. Milliy terma jamoa safidagi navbatdagi o‘yin 25 mart kuni Tehronda Eronga qarshi bo‘ladi. Shuningdek, “Manchester Siti” futbolchining terma jamoa yig‘inidan Manchesterga qaytishi uchun alohida samolyot ham ajratgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 21 yoshli Abduqodir Husanovga Toshkentga kelishi bilan Ulug‘bek Asanboyev tomonidan Husanov Mercedes-Benz G-klass, ya’ni “Gelik” avtomobili sovg‘a qilingani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
24 mart
Do‘rmonga o‘t ketdi.
24 mart