“Siti” Mareska bilan kelishuvga erishdi – Romano
Sport
−
13:51 2733 1 daqiqa
Pep Gvardiola ushbu mavsum yakunida “Manchester Siti” bosh murabbiyligini tark etgandan keyin uning o‘rnini Enso Mareska egallaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
“Italiyalik menejer (murabbiy) har doim Pep Gvardiolaning o‘rnini egallash uchun eng ideal nomzod deb hisoblab kelingan. Kelishuvga erishildi va Mareska “Manchester Siti” bilan dastlabki uch yillik shartnomani imzolaydi”, deydi Romano.
Klub rahbariyati Gvardiolaning ketishini joriy yilning 24 may kuni Angliya Premer-ligasi doirasidagi “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Enso Mareskaning so‘nggi ish joyi “Chelsi” bo‘lgan. U 2026 yil yanvarigacha London klubini boshqargan. Italiyalik mutaxassis qo‘l ostida londonliklar UEFA Konferensiyalar ligasi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli Pep Gvardiola 2016 yildan buyon Manchester klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “shaharliklar” bir marta Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, olti marta Angliya chempionligi, 3 ta Angliya kubogi va 5 ta Liga kubogida zafar quchgan. Gvardiola faoliyati davomida “Barselona” va “Bavariya”ni ham boshqargan.
Live
Barchasi