“Siti” qiyin g‘alabaga erishdi. Husanov yana zaxirada qoldi

Sport

image

23 aprelga o‘tar kechasi Angliya chempionatining 34-turi doirasida “Manchester Siti” “Aston villa” bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov esa zaxirada qoldirildi.

“Siti” uchun og‘ir o‘tgan o‘yinda g‘alaba to‘pini 90+4 daqiqada Matias Nunes kiritdi. “Shaharliklar” safida birinchi golni 7-daqiqada Bernardu Silva kiritdi. Birmingem klubi safida Markus Reshford 18-daqiqada penaltidan gol urib, hisobdagi muvozanatni tikladi, ammo yakunda “Siti” baribir g‘alabani ilib ketdi.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov jamoasining ketma-ket 5-o‘yinida ham maydonga tushmadi. Oxirgi marta 21 yoshli futbolchi 30 mart kuni Angliya kubogi doirasida “Bornmut” bilan bahsda bir taym maydonda to‘p tepgandi.

G‘alabadan keyin “Siti” ochkolari sonini 61 taga yetkazib, hozircha APL turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Bugun, 23 aprel kuni bo‘ladigan bahslardan keyin “shaharliklar” jadvalda yana pastlashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing