“Siti” g‘alaba qozongan o‘yinda Husanov yuqori ball oldi
Sport
−
21:21 2914 1 daqiqa
Bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining ilk turida “Bornmut”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.
“Etihad” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv “Manchester Siti”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekistonlik futbolchi markaziy himoyachi sifatida maydonga tushib, uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
“Flashscore” statistik portali Husanovning o‘yinini 8,2 ballga baholadi. Himoyachi 90 ta uzatmaning 87 tasini aniq amalga oshirib, 97 foizlik natija qayd etdi. Shuningdek, u uchrashuv davomida 97 marta to‘pga tegindi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” tarkibida Husanovdan faqat Mark Gexi yuqori ball oldi. “Flashscore” portali angliyalik himoyachini o‘yindagi harakatlarini 8,5 ball bilan baholadi.
Live
Barchasi