Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

“Siti” Eronga qarshi o‘ynashi uchun Husanovga alohida samolyot ajratdi (video)

Sport

image

“Manchester Siti”  klubi himoyachisi Abduqodir Husanov bugun, 17 mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoa yig‘iniga qo‘shilish uchun Toshkentga yetib keldi.  

Ma’lum bo‘lishicha, “shaharliklar” rahbariyati Eronga qarshi safardagi o‘yinga borishi uchun Abduqodir Husanovga alohida samolyot ajratgan. Shuningdek, ushbu samolyot futbolchini Erondan Manchesterga olib ketishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasidagi Eron hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs joriy yilning 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkentga qaytgan Husanov Mercedes-Benz G-klass, ya’ni “gelik” avtomobilini sotib olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Manchester Siti samolyot Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing