“Siti” chempionlik kurashida ochko yo‘qotdi
Sport
−
10:02 2308 1 daqiqa
Kecha, 4 may kuni Angliya Premer-ligasi 35-tur doirasida chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Siti” safarda “Everton” bilan durang o‘ynadi.
Uchrashuv Liverpul shahrida bo‘lib o‘tdi va 3:3 hisobida yakunlandi. Mezbonlar safida Terno Barri dubl qayd etdi, yana bir golni Jeyk O’Brayen kiritdi. Mehmonlar safida esa, ikki bora Jeremi Doku hamda Erling Holand gol muallifiga aylandi. Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
“Everton” ushbu durang orqali o‘z maydonida “Manchester Siti”ga qarshi ketma-ket 8 o‘yindan iborat mag‘lubiyatlar seriyasiga barham berdi. Shu tariqa, “shaharliklar”ning chempionlik kurashida imkoniyatlar biroz pasaydi.
Hozirda “Manchester Siti” 71 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va Londonning “Arsenal” klubidan 5 ochkoga ortda qolmoqda (bitta o‘yin kam). “Everton” esa, 48 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, keyingi turda “Manchester Siti” joriy yilning 9 may kuni “Brentford”ni qabul qiladi. “Arsenal” esa, 10 may sanasida “Vest Xem” maydoniga safar qiladi.
Live
Barchasi