“Mançester Yunayted”ning ğalabasiz seriyasi 8 ta öyinga yetdi

Sport

−

image

Keça, 25 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasining 8-turida “Mançester Yunayted” öz maydonida “Bornmut”ga 0:3 hisobida mağlub böldi. Şu bilan “qizil iblislar”ning ğalabasiz seriyasi 8 ta öyinga yetdi.

Uçraşuvda Rayan (38-daqiqa), Markus Taverne (43) va Evanilson (71) gollar muallifi böldi. “Mançester Yunayted” sardori Brunu Fernandeş uşbu uçraşuvni zaxira örindiğida ötkazdi. 21 oktyabr kuni bölib ötgan Yevropa çempionlar ligasi uçraşuvida “Mançester Yunayted” Italiyaning “Komo” jamoasiga 1:4 hisobida mağlub bölgandi. Öyindan keyin portugaliyalik yarimhimoyaçi boş murabbiy Maykl Kerrikning taktikasini tanqid qilganligi sabali futbolçi zaxira örindiğida qoldirilgan.

Şu tariqa, “Mançester Yunayted” barça musobaqalarda ketma-ket sakkizta uçraşuvdan beri ğalaba qozona olmayapti. Bu davrda jamoa beş marta mağlub bölib, uç marta durang öynagan.

Turnir jadvalida “Bornmut” 9 oçko bilan 13-örinda, “Mançester Yunayted” esa 7 oçko bilan 16-poğonada bormoqda. Keyingi turda “Bornmut” joriy yilning 31 oktyabr kuni “Lids”ni qabul qiladi. “Mançester Yunayted” esa şu kuni safarda “Çelsi”ga qarşi maydonga tuşadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing