“Siti” APL bilan maxfiy muzokara o‘tkazdi – OAV
Sport
−
18:54 436 1 daqiqa
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi bilan moliyaviy qoidalar buzilishiga oid ayblovlar bo‘yicha jazoni yengillatishga uringan. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, muzokaralar “Manchester Siti” deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilishidan oldin o‘tkazilgan. Klub o‘z aybsizligini qat’iy ta’kidlab kelgani sababli, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar tez orada boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Ta’kidlanishicha, tomonlar muhokamalar davomida klub katta miqdorda moliyaviy kompensatsiya to‘lash evaziga Premer-ligadan chetlatilish yoki chempionlik unvonlaridan mahrum etilish kabi og‘ir jazolardan qochishi mumkin bo‘lgan variant ko‘rib chiqilgan. Ayrim mutaxassislar bunday jazolar qo‘llanishi ehtimolini yuqori baholamoqda.
Shu bilan birga, ishning ko‘lamini hisobga olganda, ehtimoliy kelishuv barcha ayblovlarni bekor qilishdan ko‘ra, jazo choralarini yumshatishga xizmat qilishi mumkin edi. Klub va Premer-liga vakillari bu masala yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.
Hozirda “Manchester Siti” komissiya qarori ustidan apellyatsiya bergan. Klub qarorda huquqiy, prinsipial va faktik xatolar borligini ta’kidlamoqda. Premer-liga qoidalariga muvofiq, apellyatsiya bo‘yicha qaror fevral oyi boshiga qadar e’lon qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Premer-ligasining eng kuchli beshta klubi “Manchester Siti”ni musobaqadan chetlatish va klubga transfer taqiqini joriy etish istagini bildirgandi.
Live
Barchasi