Sisi saylovoldi kampaniyasi uchun yig‘ilgan pullarni Falastinga bermoqchi

Olam

image

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi saylovoldi kampaniyasi uchun sarflanadigan xarajatlarni minimallashtirishni va barcha ixtiyoriy badallarni Falastinga xayriya qilishni buyurdi. Bu haqda Qohiradagi matbuot anjumanida kampaniya rahbari Mahmud Fauziy ma’lum qildi.

“Bizning nomzodimiz Falastin boshdan kechirayotgan sharoitlarni hisobga olgan holda saylovoldi tashviqoti xarajatlarini kamaytirishga va ularni minimal darajaga tushirishga qaror qildi”, deydi Fauziy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, as-Sisi kampaniya uchun barcha xayriyalar to‘liq Falastin manfaatiga yo‘naltirilishini buyurgan.

Ma’lumot uchun, Misrdagi navbatdagi prezidentlik saylovi joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mamlakat Milliy saylov komissiyasi e’lon qilgan nomzodlar orasida amaldagi rahbar Abdulfattoh as-Sisi, Misr sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Farid Zahron, “Yangi Vafd” partiyasi rahbari Abdel Sanad Yamama va Respublikachilar xalq partiyasi yetakchisi Hazem Umar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin-Isroil Falastin Abdulfattoh as-Sisi Misr Prezidenti saylovoldi kampaniyasi Mahmud Fauziy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing