Sisi ilk bor rasmiy tashrif bilan Turkiyaga boradi
Olam
−
24 avgust
4025Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan birinchi marta Turkiyaga boradi. Bu haqda “Haber Turk” xabar berdi.
Joriy yilning 4 sentyabr sanasiga mo‘ljallangan tashrifning asosiy mavzusi G‘azo sektori atrofidagi vaziyat bo‘ladi, ikki tomonlama munosabatlar ham muhokama qilinadi. Shuningdek, oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.
2013 yilda Turkiya ittifoqchi deb hisoblagan “Musulmon birodarlar” partiyasidan sobiq prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgandi. 2013 yil 3 iyuldagi harbiy to‘ntarishda Sisi markaziy rol o‘ynagan. Bu esa Mursiyni prezidentlikdan surib chiqargan. 23 noyabrda Misr hukumati bir necha oy davom etgan diplomatik inqirozdan so‘ng Qohiradagi Turkiya elchisini chiqarib yubordi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, 2014 yilning iyul oyida Misr Tashqi ishlar vazirligi Erdo‘g‘an Sisini “zolim” deb atagani uchun munosabatlar yomonlashishi haqida ogohlantirgan. Sisi 2014 yil 8 iyundan beri Misrga rahbarlik qilib kelayapti, u mamlakatning oltinchi Prezidenti hisoblanadi.
2021 yilda har ikki davlat aloqalarni normallashtirish haqida muzokaralarni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 12 yil ichida ilk rasmiy tashrif bilan Misrga borgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr