Sirtqi shaklda o‘qiydiganlarning kontraktini kamaytirish taklif qilindi
Jamiyat
−
31 mart 2020
7376“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida” gi petitsiya joylashtirildi.
Ta’kidlanishicha, oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar doimiy tarzda ta’lim muassasasida o‘qimaydi, stipendiya olmaydi. Ammo ularning kontrakt to‘lovlari kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar bilan bir xil.
“Taklifim, sirtqi ta’lim shaklida o‘quvchi talabalarning kontrakt to‘lovlari summasini kamaytirish lozim. Shunda talabalar uchun ta’lim olish yanada osonlashadi”, deydi murojaat muallifi.
Izohlarda esa avvalgiga nisbatan ancha pasaytirilgani aytib o‘tilgan.
LiveBarchasi