Sirdaryodagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
10 mart 2023
3546Avval xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyatida fermerlar o‘zboshimchalik bilan daladagi o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborgan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 mart kuni ehtiyotsizlik oqibatida Sirdaryo tumanidagi davlat o‘rmon ov xo‘jaligi yer maydonidagi ekinzor, o‘rmon, daraxt va boshqa o‘t-o‘lanlar yonib ketgan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga jami 167,7 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatalari olib borilmoqda”, deyiladi prokuratura bayonotida.
LiveBarchasi