Sirdaryoda fermerlar o‘zboshimchalik bilan daladagi o‘simlik qoldiqlarini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida fermerlar daladagi o‘simlik qoldiqlarini yoqib, tabiatga salkam 800 mln so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 mart kuni Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanining “Sholikor” hududidagi “Qolgansir” davlat o‘rmon va ov xo‘jaligi yer maydonida yong‘in sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi va tegishli tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish davomida “Qolgansir” davlat o‘rmon va ov xo‘jaligiga qarashli jami 10 gektar yer maydoni yongani aniqlangan. Shundan 2 gektar yer maydonidagi manzarali daraxtlar tegishli tartibda xatlovdan o‘tkazilgan. 4 turdagi 294 dona manzarali daraxt o‘sishdan to‘xtagani, 4 turdagi 217 dona manzarali daraxt esa o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlangani aniqlangan. O‘simlik dunyosiga 494 million 940 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Yong‘inning kelib chiqishiga “Sholikor” va “Sindorobod” hududida faoliyat olib boruvchi 35 nafar fermer tomonidan sholidan bo‘shagan yer maydonidagi o‘simlik qoldiqlarining yoqib yuborilishi sabab bo‘lgan. Oqibatda 311,7 gektar dala yer maydoni yongan.

Yerning unumdor qatlamidagi ball boniteti pasayishiga sabab bo‘lgan holatlar bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar qilinib, 295 million 627 ming so‘m zarar miqdori belgilangan.

“Yuqoridagi holatlar bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing