Sirdaryodagi toshqindan so‘ng qancha odam qutqarib olingani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
02 may 2020
7926Sardoba suv omborining dambasi buzilishi oqibatida kelib chiqqan toshqindan so‘ng qutqaruvchilar tomonidan 138 nafar fuqaro qutqarib olingan. Bu haqda bugun, 2 may kuni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 2 may holatiga ko‘ra, Sardoba suv omborining dambasini qayta tiklash maqsadida jami 100 ta yuk tashish texnikasi orqali tosh va shag‘al yetkazib berish ishlari tashkillashtirilgan.
“Suvda qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazish va sodir bo‘lgan vaziyatga aniq baho berish, keltirilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 75 nafar shaxsiy tarkib va 13 ta maxsus motorli qayiqlar jalb etilib, qutqaruv va qidiruv ishlari olib borildi“ deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bo‘yicha axborot taqdim etib borilishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv омборида kecha, 1 may kuni favqulodda holat yuz bergan. Hozirda ushbu hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilyapti. Ushbu ishlarga Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchilik qilayotgani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi