Sirdaryodagi toshqin Qozog‘istonga 423 ming dollar zarar yetkazdi. Raqamlar oshishi mumkin
Olam
−
03 may 2020
13129O‘zbekistonda to‘g‘on buzilganidan keyin ro‘y bergan toshqin oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi bir necha aholi punktida 400 dan ortiq uy suv ostida qoldi. Bu haqda Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaorol tumanida kollektorlarning suvga to‘lishi va toshishi natijasida Jana Jol, Jenis, Jana Turmыs va Yenbekshi aholi yashash punktlari suv ostida qolishi xavfi paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog‘liq joriy vaziyatni hamda uning ikki mamlakat chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qildi.
“2020 yilning 3 may kuni soat 05:00 dan (Toshkent vaqti bilan soat 04:00) 250 uy suv ostida qolgan Ferdusi qishlog‘idan Janajolskiy tumanining Orgebas qishlog‘iga suv kela boshladi. Soat 08:00 ga (Toshkent vaqti bilan 07:00) kelib, Orgebasning butun hududini (194 ta uy)”, deyiladi xabarda.
Suv toshgan joylarning aholisi evakuatsiya qilingan. Toshqinda halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, uzunligi 10 metr va kengligi 6 metr bo‘lgan ko‘prik vayron bo‘lgan. 1682 gektar ekinni suv bosgan. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, fermerlarga yetkazilgan zarar 181 million tenge (423 ming dollar) dan oshadi.
LiveBarchasi