Sirdaryodagi ko‘prikning sinishiga ham “kemiruvchilar” aybdormi?
Jamiyat
−
16 Sentabr 2023
17003Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi ko‘prik balkalari sinib, yo‘li cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 10 kilometrida joylashgan zovur ko‘prigining Toshkent-Jizzax yo‘nalishidagi qismida 5 ta balkalar sinib ketgan.
Ushbu nosozliklar bartaraf etilgunga qadar, Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi barcha transport vositalari harakati cheklanib, ularning harakati M-34 Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lining 103-152 kilometri (jami 49 kilometr) va A-376 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lining 219-237 kilometri (jami 18 kilometr) orqali vaqtincha tashkil etiladi.
“Barcha yo‘nalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash choralari ko‘rilgan”, deyiladi xabarda.
Biroq manba bergan xabarda ko‘prikdagi avariyaviy holat aynan nima sababdan yuzaga kelgani va uning qancha muddat ichida bartaraf etilishi, shuningdek, yo‘nalishda qachondan avtomobillar harakati tiklanishi haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devori yorilib, suv toshqini yuzaga kelgan edi. Mutaxassislarning mazkur holat yuzasidan bergan dastlabki xulosalarida suv to‘g‘onining o‘pirilishiga noqulay ob-havo sharoiti, yomg‘ir va kuchli shamol, turli kemiruvchilar, tulkilar yoki yirik laqqa baliqlar sabab qilib ko‘rsatilgan edi.
LiveBarchasi