Sirdaryodagi bankda qalbaki 81 ming yevro aniqlandi

Jamiyat

image

“Qishloq Qurilish Bank”ning Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 ming yevro miqdorida xorijiy valyutadagi qalbaki pul birliklari aniqlangan. Bu haqda Bank Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdim qilingan.
 
Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qalbaki 6350 dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing