Sirdaryoda yosh kelin va kuyov is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
11 noyabr 2020
8766Sirdaryoning Boyovut tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyat prokuraturasi xabar bergan.
Joriy yilning 6 noyabr kuni Boyovut tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, ushbu tumanda joylashgan “Qaropchi” mahallasida yashovchi fuqarolar – 1995 yilda tug‘ilgan Sh.M. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1999 yilda tug‘ilgan D.M. qo‘lbola usulda yasalgan pechdan chiqqan iz gazidan kuchli zaharlanib, yashash xonadonida vafot etgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Sh.M. va D.M.larning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqanligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi