Sirdaryoda uy qamog‘idagi ayol yana jinoyat sodir qildi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi muqaddam sudlangan 27 yoshli ayol yana jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda "Bu kun" dasturida xabar qilindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayol sud tomonidan unga  tayinlangan ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan bo‘lsa-da, fuqaroga elchixonada ishlaydigan tanishlari orqali Koreya Respublikasiga yuborishni va’da qilib, buning uchun undan 3 ming AQSH dollari va 5 million so‘m miqdoridagi pul talab qilgan.

Jabrlanuvchi bu ayolning firibgarligini bilib qolgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Oqibatda ayol kimyoviy ishlov berilgan 800 AQSH dollari va 2 million 400 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan tezkor tadbirlarda qo‘lga olindi. 

Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilganidan so‘ng, ayol xavfli retsidivist deb topilib, 2 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudlanuvchi dastlabki bosqich sud hukmidan norozi bo‘lib, shikoyat yozdi va unga nisbatan og‘ir jazo tayinlanganini aytdi. Yuqori bosqich sudi tomonidan mazkur ishni sudlanuvchining jinoyat ishini keltirilgan vajlari bilan birga atroflicha muhokama qilib, oldin tayinlangan, biroq o‘talmay qolgan ozodlikni cheklash jazosini qisman qo‘shib, ayolga uzulg‘-kesil 2 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Zebo Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinoyat Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing