Sirdaryoda o‘qituvchini urgan ayolga chora ko‘rildi (video)
3-sahifa
−
14 fevral
30154Avvalroq, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida ayol o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘qituvchini urgani xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo tumanidagi 1-maktabdagi pedagogga nisbatan fuqaroning qo‘pol muomalada bo‘lgani sabab yuzaga kelgan hamda jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan holat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan va tegishli chora ko‘rilgan.
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralaydi va doimo murosasiz munosabatda bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. Pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun tegishli javobgarlik belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda ona o‘quvchilar oldida o‘qituvchini kaltaklagandi. 11 fevral kuni ayolga nisbatan sud hukmi o‘qilgan. U Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi