Sirdaryoda o‘g‘irlangan mashina Qashqadaryodan topildi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019 6488 1 daqiqa
Joriy yilning 30 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani “Farhod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi U. Bo‘ronov tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning “Lacetti” avtomashinasini haydab qochganini bildirdi.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hududidan o‘tuvchi M–39 yo‘lining 73-kilometridan texnik soz holda topildi.
Mazkur jinoyatni G‘uzor tumanida yashovchi Sh. Yu va I. B. sodir etgan ekan. Endi ular bu qilmishi uchun tergov oldida javob bermoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr