Sirdaryoda toshqin: 11,5 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi

Jamiyat

Ma’lumki, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga keldi.

FVV bergan ma’lumotga ko‘ra, suv ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani “Qo‘rg‘ontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, Qo‘rg‘ontepa, “Do‘stlik”, “Yurtdosh” MFYlardan jami 11 598 nafar aholi shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, suv bosish xavfi bo‘lgan “Quytosh” MFY, “Ota yurt” MFY va “Birlik” MFYlardan axolini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qator rahbarlar bilan Sirdaryo viloyatiga yetib borgani va harakatlarni shaxsan muvofiqlashtirib turgani xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo suv toshqini

Baholaganlar

411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing