Sirdaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan 2 yigit va ularning sheriklari ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryoda ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilib kelgan bir guruh shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi. 

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Suriyadagi “Katibatul Tavhid va Jihod” xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari tomonidan ochilgan “virtual guruh”ga a’zo bo‘lib, undagi aqidaparastlik materiallarini boshqalarga tarqatib kelgan 7 nafar shaxs ushlangan. 

Ushbu fuqarolar Suriyadagi jangarilar rahnamolarining onlayn darslarida ishtirok etib kelgan. Ma’lum muddat ichida ulardan 2 nafari (2001 yilda tug‘ilgan M.O. va 2002 yilda tug‘ilgan M.M.) radikal g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rgan.  

Yashash joylarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida qo‘lga olinganlardan jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan. 

To‘plangan materiallar asosida DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya jinoyat Sirdaryo

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing