Sirdaryoda Sibir yarasi aniqlangani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi
Jamiyat
−
18 iyul 2022
27668Avvalroq, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani “Zomin” MFY Xovotog‘ aholi yashash punktida yashovchi fuqaro B.A.da xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi bo‘yicha A-22 kasalligi (Sibir yarasi, xalq tilida kuydirgi) aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat ilmiy markazi direktori Bahriddin Tongyoriqovning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, hodisa yuz bergan hudud tuprog‘idan olingan namunalarda kasallik qo‘zg‘atuvchisi tasdiqlanmagan.
Tongyoriqovga ko‘ra, holatni o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan shtab mutaxassislari tomonidan qoramol so‘yilgan joydan olingan tuproq namunalari va so‘yilgan qoramolning kala-pochasi hamda teri qoldiqlari bakteriologiya, parazitologiya va mikrobiologiya laboratoriyasida to‘liq analiz qilingan.
Olingan beshta tuproq namunasi 5 kun davomida bakteriologik tekshirilganda kuydirgi kasalligiga xos koloniyalar o‘smagan. Ikki bosh sichqonga bio-sinov qo‘yilib, o‘n kun kuzatilgan. Sichqonlarda ham nojo‘ya o‘zgarishlar yuz bermagan. Ular yorib ko‘rilib, ichki organlari mikroskopik va bakteriologik usullarda tekshirilganda kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan.
“Sardoba tumani, “Zomin” mahalla fuqarolari yig‘ini Havotog‘ qishlog‘idagi jami 35 ta xonadonda parvarishlanayotgan qishloq xo‘jaligi hayvonlari 2022 yil reja grafigi asosida fevral oyi boshida (jami 241 bosh yirik, 231 bosh mayda shoxli hayvonlar) kuydirgi kasalligiga qarshi to‘liq profilaktik emlangan”, dedi Bahriddin Tongyoriqov.
LiveBarchasi