Sirdaryoda Sibir yarasiga chalinish holati aniqlandi
Jamiyat
−
13 iyul 2022
16156Sirdaryoda Sibir yarasiga chalinish bilan bog‘liq bitta holat aniqlandi. Bu haqda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi (MKV-10) bo‘yicha A-22 kasalligi (Sibir yarasi) Sardoba tuman “Zomin” MFY Xovotog‘ aholi yashash punktida yashovchi fuqaro B.A.da aniqlangan.
“O‘z o‘rnida ushbu kasallik odamdan odamga yuqmasligi bilan ajralib turadi. Kasallik faqat yirik va mayda shoxli qoramollarni so‘yish jarayonida hamda xom go‘sht bilan muloqot jarayonida odamga yuqadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Sardoba tuman “Zomin” MFY hududidagi barcha yirik va mayda shoxli mollar kasallikka qarshi veterinariya xodimlari tomonidan emlash ishlari olib borilgan.
“Yuqoridagi kasallikda karantin faqatgina yirik va mayda shoxli qora mollarga tatbiq qilinadi. Hozirda epidemiologik vaziyat barqaror xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi