Sirdaryoda raqqosalar bilan dam olgan amaldorlarning ikki nafari ishdan olindi
Jamiyat
−
14 iyun 2021
17482Avvalroq, Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Sirdaryo tumani inspeksiyasi bosh mutaxassis-davlat inspektori, “Suvoqova” davlat unitar korxonasi rahbari hamda Sirdaryo tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlarining restoranda yarim-yalang‘och raqqosalar bilan dam olib, ularga pul ulashayotgani aks etgan video tarqalgani xabar qilingandi.
Restorandagi ziyofatda ishtirok etgan amaldorlarning ikki nafari lavozimidan ozod qilindi. Bular Sirdaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nurali Mirzayev va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nozim Muratov.
Sirdaryo viloyati hokimligi Matbuot kotibining QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, bu ikki amaldor ham 2021 yil 14 iyun kunidan o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Sirdaryo viloyati hokimligi tarqalgan videoga izoh berib, videolavhada aks etgan jarayon 2020 yil oktyabr oyining o‘rtalarida taxminan kech soat 21:00 da (ishdan tashqari vaqtda) Sirdaryo tumanidagi “Yevro Aziya” restoranida bo‘lganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi