Sirdaryoda pora olgan soliqchi 2 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
06 avgust
5043Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Bildirilishicha, soliq bosh inspektori Guliston shahrida faoliyat olib boruvchi 3 ta MCHJ soliq qarzlarini soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berishga va’da bergan. U buning evaziga 4 ming AQSH dollari talab qilgan. Inspektor ushbu pullarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25,168- va 28,211- moddalarida bilan aybli deb topilib, unga nisbatan ikki yil muddatga davlat organlari, mansabdorlik hamda moddiy ishlash, shuningdek, soliq idoralarida har qanday lavozimlarda faoliyat olib borish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida lavozimini suiiste’mol qilgan mansabdor shaxslar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi