Sirdaryoda opa-singil o‘quvchilar o‘qituvchini kaltakladi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatidagi maktablardan birida opa-singil o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklagani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yilning 7 oktyabr kuni Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda sodir bo‘lgan. Tarmoqlarda tarqalgan videoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchi ayolga qo‘l ko‘tarib, sochidan tortganini, o‘qituvchi ham qizlardan biriga nisbatan shu harakatni takrorlaganini ko‘rish mumkin. Voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa o‘qituvchilar ularni ajratishga harakat qilgan.

Mazkur holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olingan.

“O‘rganishlar yakuni yuzasidan batafsil axborot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf qizning qo‘liga igna tiqqani, biroq holat keyinroq o‘z tasdig‘ini topmagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo opa-singil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing