Sirdaryoda noyob lochinlarni 280 mln so‘mga pullayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmalari tomonidan davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan lochinlarni ona tabiatdan ajratib olib, pullashga uringan shaxslar qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “KamAZ” yuk avtotransport vositasi “Sirdaryo” chegara bojxona postida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, salondagi sport sumkasiga 8 bosh lochinlar yashirilgani aniqlangan. Boz ustiga qushlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lingan, jonzotlar sumkaga ularning hayoti uchun xavfli tarzda zichlab joylashtirilgan.

Shu kuni tezkor tadbir Sirdaryo tumanida ham davom ettirilib, ushbu qushlarni sotib olayotgan shaxs ham qo‘lga olingan.

Mazkur holatda ushlab qolingan 8 bosh lochin O‘zbekistonning 2019 yilda chop etilgan Qizil kitobiga kiritilgan va tabiatan kamyob hisoblanadi hamda ularni ovlash taqiqlangan. Lochinlarning 6 tasi Qizil kitobga Itolg‘i nomi bilan kiritilgan bo‘lib, ular tobora yo‘qolib borayotgan tur hisoblanadi.

Surishtiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, qonunbuzarlar ushbu qushlarni 280 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgan.

Hozirda lochinlar Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlovga topshirildi va mutaxassislarning doimiy nazorati ostida parvarishlanyapti.

Holat yuzasidan esa bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Qizil kitob

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing