Sirdaryoda mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ukasi bilan o‘zaro til biriktirib, Sayxunobod tumani hududidagi 5 gektar yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan.
Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

“DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Guliston shahridagi  tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtlarida ushlandi”, deyiladi xabarda.

Aniqlanishicha, ushbu 5 gektar yer maydoni 2020 yilda Sirdaryo viloyat hokimligining tegishli bayonnomasi asosida daryo o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda qum-shag‘al qazib olish maqsadida istisno tariqasida auksion savdolariga qo‘yilgunga qadar foydalanib turish uchun Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limiga qarashli mas’uliyati cheklangan jamiyatiga biriktirilgan bo‘lgan.

Biroq, 2022 yilda viloyat hokimligining tegishli bayonnomasi bilan ushbu biriktiriv bekor qilingan.

“Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada shifokor Farg‘onada shifokor, Andijonda tez yordam inspektori, Sirdaryoda gaz ta’minoti boshlig‘i pora bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

pora Sirdaryo er mansabdor shaxs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing