Sirdaryoda “qarg‘aydigan” YPX xodimiga yengil jazo tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Sirdaryoda “qarg‘aydigan” YPX xodimiga nisbatan tekshiruv boshlangani haqida xabar berilgandi. Hozirda ushbu xodimga nisbatan chora ko‘rilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasining “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi birinchi safarbar guruhi YPX inspektori I.Yoqubovga nisbatan “Lavozim maoshining 30 foiz miqdorida jarima” jazosi e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi haydovchi bilan o‘zaro muloqot vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrda 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining me’yoriy buyrug‘i talablaridan chetga chiqqanligi holati aks etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

434

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing