Sirdaryoda davlat idoralari va banklar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilmoqda
Jamiyat
−
02 fevral 2022
4877Sirdaryo viloyatida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilayotgani aytilmoqda. Viloyatdagi tashkilotlar va banklar ko‘chalarga tosh to‘qish, tozalash qurilish ishlarini bajarishga biriktirib qo‘yilgan. Bu haqda Oliy Majlis deputat Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
“Bizda Sirdaryo viloyatidagi bir qator tashkilotlar va banklarni Boyovut tumanidagi obodonlashtirish ishlariga majburlanmoqda”, degan ismi oshkor etilishini xohlamagan manba.
Ahamitli tomoni, majburiy mehnatga qarshi kurashishi, mehnat qonunchiligini amalga oshirishi kerak bo‘lgan Bandlik boshqarmasi ham ro‘yxatga kiritilgan.
Mazkur holat yuzasidan respublika darajasidagi idoralar va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.
LiveBarchasi