Sirdaryoda Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 24 mart kuni Sirdaryo viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir odam vafot etdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 02:30 da Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 6-kmda sodir bo‘lgan. “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida Cobalt rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan haydovchi F.M. o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi Sh.Q. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

Natijada, Cobalt rusumli transport vositasining yo‘lovchisi A.A. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan. 

Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB Tergov guruhi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing