Sirdaryoda chorrahada to‘xtagan Lacetti yonib ketdi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Guliston shahar hududidagi chorrahada to‘xtagan Lacetti yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 21 iyun kuni soat 12:30 da Guliston shahar Bo‘ston maxallasi hududidagi chorrahada Lacetti rusumli avtomashinaning motor qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:34 da yetib borib, soat 12:40 da to‘liq o‘chirilgan. Mazkur hodisa oqibatida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.

Shuningdek, hozirda yong‘inning taxminiy sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda Gentra yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Sirdaryo Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing