Sirdaryoda besh kunlik chaqalog‘ini sotayotgan ona ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryoda 5 kunlik chaqalog‘ini sotayotgan qashqadaryolik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro B.S. joriy yilning 8 oktyabr kuni tug‘ilgan, farzandini 5 000 AQSH dollari evaziga sotgan vaqtda ushlangan. Undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Fuqaro B.S.ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyati “Bolalar uyi”ga topshirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing