Sirdaryoda avtobus va Damas to‘qnashishi oqibatida 8 kishi jarohatlandi

3-sahifa

image

Sirdaryoda Isuzu rusumli avtobus yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Damas rusumli avtomobilning orqasiga borib urildi.  Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 5 yanvar kuni soat 13:30 larda Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi 4R-18A avtomobil yo‘lida "Gagarin-Guliston" yo‘nalishida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Isuzu rusumli avtobusni boshqarib kelayotga haydovchi yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Damas rusumli avtomobilning orqa tomoniga borib urilgan. 

To‘qnashuv oqibatida avtobus haydovchisi D.K., 5 nafar yo‘lovchi, Damas rusumli avtomobil haydovchisi K.K. va yo‘lovchisi Z.Ch.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing