Sirdaryoda advokat pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida muqaddam sudlangan advokat pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Guliston shahrida Advokatlar hay’ati advokati 2021 yilda mas’uliyati cheklangan jamiyatga bankdan 240 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishida yordam bergani uchun evaziga uning rahbaridan 12 ming dollar olgan. 

Biroq bank tomonidan olib borilgan monitoring jarayonida MCHJ kredit mablag‘ini maqsadsiz ishlatgani aniqlanib, prokuratura organlari tomonidan uning rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tezkor tadbirda advokat muqaddam olgan 12 ming AQSH dollaridan 1000 AQSH dollarini MCHJ rahbariga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qayd etilishicha, advokat muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan. 

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda sud xodimi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo advokat pora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing