Sirdaryoda 5 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda 2 kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyun kuni tongda Sirdaryo viloyatida 5 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada ikki kishi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

YTH soat 10:20 da, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 85 kmda qayd etilgan. 

1992 yilda tug‘ilgan haydovchi X.X. (erkak) CAPTIVA rusumli transport vositasini “Guliston-Toshkent” yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.M. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan COBALT rusumli transport vositasining o‘ng tomonidan quvib o‘tadi. Natijada to‘qnashuv sodir bo‘lib, CAPTIVA avtomashinasi yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan M.U. (erkak) boshqaruvidagi DAMAS rusumli hamda haydovchi 1962 yilda tug‘ilgan B.M. (erkak) boshqaruvidagi COBALT rusumli transport vositalariga, haydovchi S.M. boshqaruvidagi COBALT avtomashinasi esa haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan U.X. (erkak) boshqaruvidagi AUDI-100 rusumli avtomashinaning orqa qismiga uriladi. 

Natijada, DAMAS rusumli transport vositasi yo‘lovchilari – 1979 yilda tug‘ilgan A.J. (erkak) va 1982 yilda tug‘ilgan Q.Q. (erkak)lar  og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan.

COBALT rusumli transport vositasi haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing