Sirdaryoda 4 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda I.I. ismli shaxs fuqarolar S.M. va O.R.ning ishonchiga kirib, ularni 4 ming dollar evaziga qo‘shni Qozog‘istondagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Shuningdek, u keyinchalik o‘qishni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga ko‘chirib berishini ham aytgan.

Fuqaro I.I. o‘z xizmati evaziga 3,9 ming dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing