Sirdaryoda 4 kunlik chaqalog‘ini sotayotgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Kecha, 9 noyabr kuni, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 4 kun avval tug‘ilgan chaqalog‘ini pullayotgan ona va uning sherigi ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Xovos tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro I.S. Xovos tumanida yashovchi fuqaro N.Sh. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.S.ning 4 kunlik qiz farzandi I.K.ni Guliston shahrida yashovchi S.Z.ga 20 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Tadbir davomida “I.S.” hamda “N.Sh.” ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 20 ming AQSH dollari olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing