Sirdaryoda 16 yashar qiz o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Sirdaryoda 16 yoshli qiz yashash xonadonining molxonasida o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 may kuni soat 10:00 atrofida Sirdaryo tumani "Adolat" MFY Nurli yo‘l ko‘chasida yashagan R.R. yashash xonadonining molxonasi shiftiga arqon bilan bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

Voqea joyidan R.R. o‘zini osishda foydalangan arqon ashyoviy dalil sifatida olinib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Aytish joizki, so‘nggi vaqtlarda voyaga yetmagan shaxslar, umuman yoshlar tomonidan o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paymoqda. Xususan, joriy oy boshida Qashqadaryoning o‘zida ikki nafar voyaga yetmagan 16 va 14 yoshli qizlar o‘zini osib o‘ldirdi. Shuningdek, Farg‘onada Koreya xalqaro universitetining (KIUF) ikki nafar talabasi o‘z joniga qasd qildi. Aprel oyi so‘ngida esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba 4-qavatdan o‘zini tashlab, vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

507

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing