Sirdaryoda 14 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirgan xavfli retsidivist 23 yilga qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

2022 yilning 20 avgust kuni Sirdaryoning Xovos tumanidagi uyga o‘g‘rilikka tushgan shaxs 14 yoshli qizni qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Unga nisbatan 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ayblanuvchi tergov davomida manzil koloniyadagi bir odamni ham o‘ldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bundan oldin ayblanuvchi 11 marotaba o‘g‘rilik va yana boshqa turdagi bir necha jinoyatlarni sodir etgan. 

Sud hukmiga ko‘ra, ushbu qotilliklarni sodir etgan shaxs Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “i” bandlari, 164-moddasi 3-qismi “a”, “v”, “g” bandlari, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi va 222-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchiga nisbatan 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, unga Xovosdagi qotillikda sherik bo‘lgan kirakashga ham hukm o‘qildi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi bilan hamda 28-moddasi orqali 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari bilan malakalanib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 13 yil ozodlikdan mahrum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Sirdaryo xavfli retsidivist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing