Sirdaryoda 102 mlrd so‘mlik savdo jarayonida raqobatga zid harakatlar aniqlandi
3-sahifa
−
19 avgust
2202Sirdaryoda 439 ta raqobatga zid harakatlar sodir etilganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi joriy yilning 6 oyi davomida byudjet buyurtmachilari tomonidan tuzilgan 29 241 ta shartnomalarda 1 778,2 mlrd so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur xaridlarda boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilgan. O‘rganishlarda buyurtmachilar tomonidan 102,34 mlrd so‘mlik savdolar jarayonida 439 ta raqobatga zid harakatlar sodir etilganligi aniqlangan.
Ushbu holatlarning aksariyati:
- Maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga – 57 ta holatda 3.6 mlrd so‘m;
- Sog‘liqni saqlash sohasiga – 110 ta holatda 4.6 mlrd so‘m;
- Yo‘l qurilishi sohasiga – 111 ta holatda 81.1 mlrd so‘m
- Boshqa sohalarga –161 ta holatda 12.34 mlrd so‘m to‘g‘ri keladi.
Mazkur aniqlangan 439 ta qonunbuzilish holatidan 386 ta holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lumotnomalar taqdim etildi.
37 ta holat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan 38 ta ish qo‘zg‘atilib, 39 ta mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi “Orient Group Management” MCHJ hamda “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” MCHJ QKga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr