Sirdaryoda 10 ming dollar evaziga AQSH vizasini va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Sayxunobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. fuqaro Sh.X. ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 10 ming AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun talabalik vizasini olib berishini aytib, shundan 5 000 AQSH dollari va 26 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.     

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Samarqand shahrida AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing