Sirdaryo tuman sudyasi ham lavozimidan “uchdi”

Jamiyat

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani sudyasi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo tuman sudining sudyasi Sanjar Abduvaliyevich Sariboyev odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. 

Shuningdek, Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudining raisi Bobirjon Obidjonovich Ergashev esa o‘zining yozma arizasiga binoan lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyat sudi raisi Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev, Buxoro viloyat sudi raisi Luqmon Muxtorovich Qodirov, Jizzax viloyat sudi raisi O‘tkirjon Buranovich Jumayev, Xorazm viloyat sudi raisi Bahodir Husaynovich Polvonov o‘z lavozimlaridan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Sirdaryo Norin Sanja Sariboev Bobirjon Ergashev tuman sud'yasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing