Singapurda tug‘ilgan chaqaloqlarda koronavirusga qarshi antitanalar aniqlandi

Olam

image

Singapurda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, homiladorlik paytida COVID-19 ga chalingan ayollarning holati o‘rtacha aholiga nisbatan yomon bo‘lmagan va ularning farzandlari koronavirusga qarshi antitanalar bilan tug‘ilgan. Bu haqda "The Guardian" ma’lumot bermoqda.

Ta’kidlanganidek, tadqiqot 16 nafar ayolda o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, hech qanday holatda virus bolaga yuqmagan.

Aksariyat onalarda ushbu kasallik nisbatan yengil o‘tgan. Ortiqcha vaznga ega yoshi katta onalarda esa og‘ir holatlar kuzatilgan. Barcha ayollar kasallikni yenggan.

Tadqiqot natijalari nashr etilgunga qadar, besh nafar ayolning ko‘zi yorigan, chaqaloqlarning barchasida koronavirusga qarshi antitanalar bo‘lgan. Ikki ayol o‘z farzandidan ayrilgan va bitta holatda tadqiqotchilar bu kasallikdan keyingi asoratlarning natijasi ekanini istisno qilmagan.

Shuningdek, Singapurda joriy yilning noyabr oyida onasi mart oyida koronavirusga chalingan yangi tug‘ilgan chaqaloqda koronavirusga qarshi antitanalar aniqlangan. Chaqaloqqa infeksiya yuqmagan. Chaqaloqdagi antitanalar qancha vaqt saqlanib qolishi va ular infeksiyadan himoya qilish-qilmasligi haqida aniq xulosa bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq koronavirus

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing