Singapurda bir metr masofani ushlamaganlar qamoqqa olinmoqda
Olam
−
27 mart 2020
5590Singapur hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida yangi qoidalar majmuini qabul qildi. Qoidalarga ko‘ra, endi mamlakat hududida kimda-kim boshqa odamga bir metrgacha yaqin kelsa, unga nisbatan 7000 dollar jarima yoki olti oy muddatga qamoq jazosi qo‘llaniladi.
Ishxona, supermarket va ishlab chiqarish sektoridagi zavod va fabrika rahbarlari ham o‘z ishchi hamda mijozlari ushbu qoidaga amal qilishini nazoratga olishi kerak. Aks holda, ushbu rahbarlarga nisbatan ham yuqorida ta’kidlangan jazolar qo‘llanilishi mumkin.
Bundan tashqari, Singapur hukumati bar va kinoteatrlarni yopish va yirik tadbirlarni bekor qilish kabi karantin choralarini e’lon qildi. Biroq Singapurda hali to‘liq karantin holati joriy etilmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Singapurda koronavirus bilan 683 nafar bemor kasallangan. Ularning ikki nafari vafot etgan.
LiveBarchasi