Sinfdoshlarini “kateysa” qildirmoqchi bo‘lgan 9-sinf o‘quvchisi YTH sodir etdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida maktabning 9-sinf o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH Paxtakor-Zafarobod avtomobil yo‘lining 72-kmda yuz bergan. Avtohalokatni Paxtakor tumani 31-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi sodir etgan. Hodisada hech kim jarohatlanmagan.

Ona Nexia-3 avtomobilini 15 yashar o‘g‘liga ishonib topshirgan. Yigitcha esa ikki sinfdosh qizini mashinada sayr qildirmoqchi bo‘lgan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan boshqa bir haydovchining so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchi 1 kilometr masofani yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga halal bergan holda bosib o‘tgan va beton to‘siqqa urilgan. Uning aytishicha, avtomobilda ikki qiz va bir yosh bola bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing